09:24 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
59 0 0

Oʻzbekistonda ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash boʻyicha imtihon jarayonlari Internet tarmogʻi orqali onlayn yoritiladi.

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda sudya faoliyatining samaradorligi elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholanadi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2021 yil 1 fevraldan sud tizimida korruptsiya holatlarining oldini olish, Sudyalar oliy kengashi (Kengash) va sud tizimi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash borasida:

  • ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash boʻyicha imtihon jarayonlari Internet tarmogʻi (veb-sayt) orqali onlayn tarzda yoritib borish yoʻlga qoʻyiladi;
  • sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarning psixologik portreti boʻyicha kasbga munosibligini baholashga koʻmaklashuvchi elektron dastur (“psixologik test”) ishlab chiqiladi;
  • sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholashni taʼminlaydigan aniq mezonlar amaliyotga (reyting dasturi) tatbiq etiladi.

Farmonga koʻra:

Prezident tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan, faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradigan Kengash raisining oʻrinbosari lavozimi joriy qilinadi;

Molotok sudi
© Sputnik / Maksim Bogodvid

- Sudyalar daxlsizligini taʼminlash boʻyicha sud inspektsiyasi negizida Sudyalar daxlsizligini taʼminlash va korruptsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspektsiyasi tuziladi;

- Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishdagi faoliyatini ragʻbatlantirishni yoʻlga qoʻyish, “Ibratli sudya” mukofoti, odil sudlovni amalga oshirishda uzoq yillar samarali mehnat qilib pensiyaga chiqqan sudyalar uchun “Sud faxriysi” koʻkrak nishoni joriy etiladi.

Yangi tahrirdagi "Sudlar toʻgʻrisida"gi qonun - qanday oʻzgarishlar kutilmoqda?

Kengash huzurida amaldagi moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllash boʻyicha tavsiyaviy xarakterga ega boʻlgan maslahatlar hamda sudyalarning odob-axloq qoidalarini muayyan vaziyatlarda qoʻllanilishi yuzasidan soʻrovlariga tushuntirishlar berish vakolatiga ega boʻlgan jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Sudyalar klubi tashkil etiladi.

Teglar:
sudya, qonun, sud

Asosiy mavzular