10:45 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
228 0 0

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro tumanining “Shergiron” MFY aholisi gaz taʼminoti tizimidagi muammolardan noroziligini bildirib, yoʻlning qatnov qismini toʻsishga urinayotgani tasvirlangan videolavhalar tarqalgan edi.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali Buxoroda gaz yoʻqligidan norozi aholi mashina yoʻlini toʻsib qoʻygani yuzasidan maʼlum berdi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro tumanining “Shergiron” mahalla fuqarolar yigʻini aholisi gaz taʼminoti tizimidagi muammolardan noroziligini bildirib, yoʻlning qatnov qismini toʻsishga urinayotgani tasvirlangan videolavhalar tarqalgan edi.

Taʼkidlanishicha, voqea sabablariga oydinlik kiritish uchun filial xodimlari, viloyat hokimligi mutasaddilari hamda sektor rahbarlari bilan birgalikda aholi bilan uchrashuv oʻtkazib, ularning shikoyatlarini tinglagan. Gaz taʼminoti bilan bogʻliq yuzaga kelgan masalalarni bartaraf qilish uchun barcha zarur choralar koʻrildi.

Xabarda yozilishicha, shu kunlarda Buxoro tumanida aholi punktlarini tabiiy gaz bilan taʼminlashda bosimning keskin pasayishi kuzatilgan.

“Bunday vaziyatning yuzaga kelishiga “Sohibkor” gaz taqsimlash stantsiyasidagi ikkinchi joʻmrakning yopilishi sabab boʻlib, natijada hududga tabiiy gaz yetkazib beruvchi quvurlarda bosim 6 dan 1,8 atmosferaga tushib ketgan. Natijada, 1,3 mingdan ziyod aholi xonadoni gaz taʼminotida qiyinchiliklarga duch keldi”, - deyilgan bayonotda.

“Hududgaz Buxoro” ayni vaqtda aholi punktiga gaz taʼminoti tiklanyotganini qoʻshimcha qilgan.

Teglar:
Buxoro tumani, gaz

Asosiy mavzular