RT telekanali o‘zining 15-yilligini nishonlamoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishOfis telekanala RT v Moskve
Ofis telekanala RT v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RT 15-yil ichida dunyodagi eng mashhur xalqaro axborot telekanallaridan biri bo‘ldi. RT YouTube᾽da BBC, CNN, Al Jazeera, Euronews, FOX News᾽ni ortda qoldirib, dunyoda axborot telekanallardan birinchi bo‘lib 10 milliard marta ko‘rilganlik dovonidan o‘tdi.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. RT telekanali ilk bor 2005-yil 10-oktabr kuni Moskvadagi studiyadan efirga uzatilgan edi. Bugungi kunda oltita tilda TV da va onlayn efiga uzatilayotgan RT 15-yil ichida dunyodagi eng mashhur xalqaro axborot telekanallaridan biri bo‘ldi. Telekanal “International Emmy” xalqaro mukofot hakamlari va zamonamizning mashhur kishilari tomonidan, ular orasida Emir Kusturitsa, Rodjer Uoters va Oliver Stoun bor, e’tirof etildi.

“Biz 15 yoshni qarshi oldik. Butun dunyo maxsus xizmatlari, erkin nafas oling. Tavallud kunimizda hech qayerga aralashmaslikka va’da beramiz”, - dedi RT bosh muharriri Margarita Simonyan.

RT o‘zining 15 yoshga to‘lgan kunida sovuq urush davridagi fuqarolik mudofaasiga oid amerikacha o‘quv filmi uslubida tasvirga olingan “Yashil tahdid” nomli videorolik taqdim etdi. Kinoyalik rolik RT ning faol to‘lqinlaridan qanday himoyalanish mumkinligi haqida hikoya qiladi.

Shuningdek, RT yubiley arafasida rolik chiqardi. Unda “dipfeyk” texnologiyalar yordamida dunyo yetakchilari qanday qilib Rossiya telekanali vasvasasiga tushganliklarini ko‘rsatgan.

Har hafta RT telekanalini dunyoning 47 ta mamlakatida (IPSOS xalqaro kompaniya tadqiqoti) 100 million nafar kishi tomosha qiladi. RT YouTube᾽da BBC, CNN, Al Jazeera, Euronews, FOX News᾽ni ortda qoldirib, dunyoda axborot telekanallardan birinchi bo‘lib 10 milliard marta ko‘rilganlik dovonidan o‘tdi.

RT 15-yillik faoliyati davomida prezidentlar va birinchi shaxslar bilan yuzdan ortiq intervyu tashkil etdi. Kanalga Rossiya, Serbiya, Sloveniya, Suriya, Boliviya, Venesuela, Argentina, Ekvador va boshqa mamlakat yetakchilari intervyu bergan. RT telekanalida telejurnalistika afsonasi Larri King bilan eksklyuziv shou, Pulitser mukofoti sovrindori Kris Xejes, Ekvadorning sobiq prezidenti Rafael Korrea va Shotlandiyaning sobiq birinchi vaziri Aleks Salmond ko‘rsatuvlari efirga uzatiladi.

RT – televidenie sohasidagi Emmy eng nufuzli mukofotida 10-marta finalga chiqqan. RT Monte-Karlodagi Televizion festivalining “Eng yaxshi tunu kun ishlaydigan axborot dasturi” nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘lgan. Telekanal umumiy hisobda media va televidenie sohasida yuzlab xalqaro mukofotlarni qo‘lga kiritgan.

Afsonaviy telejurnalist Larri King: “RT᾽ni butun dunyo bo‘ylab ko‘rishadi, shunday ekan bir-birimizga mos keldik”.

Serbiyalik rejissor Emir Kusturitsa: “Rossiyaning RT telekanali – bir tomonlama axborotni ko‘rsatadigan BBC va CNN᾽dan farqli o‘laroq televidenie qanday bo‘lish kerakligining eng yaxshi namunasi”.

Pink Floyd asoschisi Rodjer Uoters: “Butun dunyoda aql bovar qilmas darajada xolis bo‘lmagan telekanallar bor – ko‘plab munosabatlar va ko‘plab turli sabablarga ko‘ra. Mamuniyat bilan shuni ayta olamanki, men ko‘p xabarlarni RT᾽dan bilaman”.

Amerikalik rejissor Oliver Stoun: “Yangiliklarni faqat Rossiyaning RT telekanalida tomosha qilaman. Men nuqul propaganda bo‘lgan Shimoliy Amerika OAVlariga qaraganda unga ko‘proq ishonaman”.

Shotlandiyalik yozuvchi Irvin Uelsh: “RT (adolatli ravishda) BBC᾽ga noxolisligini ko‘rsatib beradi. Ravshanki, “jamoat televideniyeyamiz” qulog‘igacha korrupsiyaga botgan va shu tufayli xolis emas. Qanaqa ta’lim, yangilik va ko‘ngilochar jin ursin?! Shu bo‘lmag‘ur narsa uchun siz yana litsenziya yig‘imlarini to‘layapsiz”.

Yangiliklar lentasi
0