IIV O‘zbekistonda bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MVD Uzbekistana v Tashkente
Zdanie MVD Uzbekistana v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kunlarda mamlakat bo‘ylab bola o‘g‘rilari paydo bo‘lganligi to‘g‘risidagi yolg‘on ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalamoqda.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. IIV O‘zbekistonda bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqidagi xabar haqiqatdan yiroqligini ma’lum qildi.

Shu kunlarda mamlakat bo‘ylab bola o‘g‘rilari paydo bo‘lganligi to‘g‘risidagi yolg‘on ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan edi.

“Ushbu ma’lumotlar haqiqatdan yiroqdir. Shuningdek, Yurtimiz bo‘ylab harakatlanib yurgan va voyaga yetmaganlarga qiziqish bildiruvchi jinoiy guruhlar paydo bo‘lganligi haqidagi xabarlarda ham asos yo‘q”, - deyilgan vazirlik xabarida.

IIV asossiz ma’lumotlarni tarqatib, vahima uyg‘otayotgan kimsalarning shaxslarini aniqlash bo‘yicha chora ko‘rmoqda.

Vazirlik fuqarolardan mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni hamda uni aniqlashtirib olish IIV organlariga murojaat qilishni so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0