07:04 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
59510

Morgenshtern Mercedes-Benz E200 mashinasi uchun oʻtkazgan tanlovda Buxoroda yashovchi yigit gʻolib boʻlgan edi. Reper mashinani gʻolibga shaxsan topshirish uchun Oʻzbekistonga keldi.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Rossiyalik taniqli reper va bastakor Alisher Valeyev (taxallusi Morgenshtern) Oʻzbekistonga keldi. Bu u haqda  Instagram sahifasidagi Stories orqali maʼlum qildi.

“Xoʻsh, janoblar, biz qayerda ekanligimizni kim topdi? Biz Oʻzbekistondamiz... Oʻsha afsonaviy “Merin”ni (Mercedes-Benz E200 – tahr.) gʻolibga olib borib beramiz”, - dedi u.

Morgenshtern mashinasi uchun oʻtkazgan tanlovda Buxoroda yashovchi @aza_1002 akkaunti egasi gʻolib boʻlgan edi.

Jonli efirdan soʻng Morgenshtern mashinasini Oʻzbekistonga olib kirish narxini bilgach, Instagram’da videomurojaat bilan chiqqan edi.

“Oʻzbekistonda mashinani ‘rastamojka’ qilish qancha turishini bilasizlarmi? Bitta mashinaning puli ekan”, — degandi u oʻshanda.

Keyin u Oʻzbekiston hukumatidan ushbu masalada amaliy koʻmak berishni soʻragan edi. Shu bilan birga, Morgenshtern Oʻzbekistonga tashrifi yuqori saviyada oʻtishini va yangi tarixning debochasi boʻlishini vaʼda qilgan edi.

Davlat bojxona qoʻmitasining hisob-kitoblariga koʻra, reperning mashinasini Oʻzbekistonga olib kelish uchun toʻlanishi kerak boʻlgan boj toʻlovi 353 801 986,83 soʻmni tashkil etgan.

Asosiy mavzular