16:43 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1351)
1219 0 0

Oʻzbekistonda yana 166 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 74 664 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 11 dek — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Oʻzbekistonda yana 166 kishida koronavirus aniqlandi, koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 74 664 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 2 nafari Jizzax viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Buxoro viloyatida, 27 nafari Toshkent viloyatida, 128 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 71 921 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 97 foiz.

Ayni paytda 2 132 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.  179 nafari ogʻir, 34 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

Oʻzbekistonda jami 611 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 68,9 milliondan oshdi, 1,5 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (15,4 mln), Hindistonda (9,8 mln), Braziliyada (6,7 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1351)

Asosiy mavzular