17:47 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
161 0 0

Respublika maxsus komissiyasi fuqarolarga yangi 2021 yil bayrami tadbirlarini oila davrasida oʻtkazishni tavsiya etdi.

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Soʻnggi vaqtda jahonda, shu jumladan, qoʻshni davlatlarda karantin cheklovlarining amal qilish muddati uzaytirib borilayotganligi, shuningdek, yangi 2021 yil kirib kelayotganligini inobatga olib, epidemiologik vaziyatning barqarorligini saqlab qolish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.

Unga koʻra:

  • vazirlik, idoralar, davlat ulushi boʻlgan korxonalar va boshqa tashkilotlariga turli xil korporativ bayram tadbirlari tashkil etish taqiqlandi;
  • vazirlik, idoralar, davlat ulushi boʻlgan korxonalar va boshqa tashkilotlariga korporativ bayram tadbirlaridan tejab qolingan mablagʻlarni taʼlim, sogʻliqni saqlash, mehribonlik uylari va boshqa ijtimoiy sohalarga yoʻnaltirish tavsiya etildi;
  • yuqoridagi cheklov restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish obʼyektlarida 30 kishidan oshmagan hamda sanitariya-gigiyena va karantin talablariga qatʼiy rioya etgan holda bayram tadbirlarini oʻtkazishga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi;
  • maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari hamda oliy taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilar, oʻquvchilar va talabalar ishtirokida yopiq binolarda turli bayram tadbirlari va kechalarini tashkil etish va oʻtkazish taqiqlandi;
  • fuqarolarga yangi 2021 yil bayrami tadbirlarini oila davrasida oʻtkazish tavsiya etildi;
  • yangi yil bayrami munosabati bilan bolajonlar uchun moʻljallangan “Prezident archasi” bayram tadbirlari faqatgina mehribonlik uylari va bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari uchun oʻtkazilishi belgilandi, bunda tarbiyalanuvchilarning birgalikda bir maskanda istiqomat qilishi inobatga olindi;
  • viloyatlar, tumanlar markazlari va shaharlarda ochiq osmon ostida archalar oʻrnatish tavsiya etilsin;
  • vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xoʻjalik birlashmalari yangi 2021 yil bayrami tadbirlarini oila davrasida oʻtkazish uchun xodimlarga zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini koʻradilar;

Restoran, kafe, choyxona va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida karantin cheklovlariga (mijozlarni joylashtirishda ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobdan foydalanish, 30 kishidan oshmagan holda toʻy va oilaviy marosimlarni oʻtkazish, shuningdek, dezinfektsiya ishlarini amalga oshirish) qatʼiy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha masʼul idoralarga tegishli topshiriq berildi.

Maktablarda yangi yil tadbirlarini oʻtkazish taqiqlandi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalarini hamda koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish borasidagi xorijiy mamlakatlar ijobiy tajribasini inobatga olgan holda jamoat joylarida niqobdan foydalanish boʻyicha targʻibot ishlarini kuchaytirish nazarda tutildi.

Teglar:
Yangi yil, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular