18:13 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
365 0 0

14-15 dekabrda respublikaning barcha hududlarida sovuq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati hafta oxiriga kelib koʻtarilishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Oʻzgidromet haftalik ob-havo maʼlumotlarini taqdim etdi.

Respublika hududlarining koʻp qismida yogʻingarchilik boʻlmasligi kutilmoqda. Faqat Surxondaryo viloyatida bugun kunduzi qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Bugun kunduzi baʼzi joylarda va 15 dekabrga oʻtar kechasi Fargʻona vodiysi viloyatlarida biroz qor yogʻadi.

Respublikaning barcha hududlarida sovuq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati kechasi 2−7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq boʻladi.

16 dekabrdan 18 dekabrgacha respublikaning barcha hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati hafta oxiriga kelib koʻtariladi.

18 dekabrga kelib, havo 0−2 daraja sovuqqacha kuchsizlanadi, kunduzi esa havo 7−10 darajagacha isiydi.

Teglar:
Oʻzbekiston, Ob-havo

Asosiy mavzular