09:58 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
74 0 0

Hukumat qarori loyihasida belgilanishicha, 2021 yil 1 apreldan boshlab avtotransport vositalarining oynalarining tusini oʻzgartirganlik uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish faqat onlayn YAIDXP orqali amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda “tonirovka” uchun ruxsatnomani onlayn shaklda olish mumkin boʻladi.

Avtotransport vositalarining oynalarining tusini oʻzgartirganlik uchun onlayn tarzda ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlanmoqda.

Muhokamaga qoʻyilgan Hukumat qarori loyihasida belgilanishicha, 2021 yil 1 apreldan boshlab avtotransport vositalarining oynalarining tusini oʻzgartirganlik uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish faqat onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali amalga oshiriladi.

Ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatini olish uchun YAIDXP orqali murojaat etganda, davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanadigan summadan 90 foiz miqdorida toʻlanadi.

Davlat xizmati vakolatli organ tomonidan “Avtomototransport” avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida koʻrsatiladi.

Hujjat loyihasiga koʻra, avtotransport vositasi orqa oynasining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish (qoraytirish), shuningdek, old oynasining tepa qismi tusini 14 sm.dan koʻp boʻlmagan polosa shaklida, yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

Ruxsatnoma bir yildan kam boʻlmagan muddatga beriladi. Shuningdek, ruxsatnoma ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra bir yildan koʻp muddatga ham berilishi mumkin. Bunda, toʻlovlar mos ravishda har bir yil uchun alohida stavkalarda amalga oshiriladi.

Teglar:
tonirovka, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular