O‘zbekistonda avtomobillarning elektron sug‘urtasi joriy etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPolis avtostraxovaniya
Polis avtostraxovaniya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2021 yil 1-martdan E-polisni sotish, rasmiylashtirish amalga oshiriladi. E-polis qog‘oz shaklidagi shartnomaga (polisga) tenglashtirildi.

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. “Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, elektron turdagi sug‘urta xizmatlari (E-polis) yagona axborot tizimi tarkibida amalga oshiriladi.

2021 yil 1-iyulgacha yagona axborot tizimi tarkibida E-polislarni sotish va rasmiylashtirish bo‘yicha tegishli axborot modullari joriy etiladi.

Qaror bilan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha E-polisni sotish, rasmiylashtirish va ularning haqiqiyligini tekshirish qoidalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, E-polisni sotish, rasmiylashtirish elektron ma’lumot almashish orqali sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urta tashkiloti o‘rtasida amalga oshiriladi.

2021 yil 1-martdan Moliya vazirligi sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha E-polisni sotish, rasmiylashtirishni amalga oshiradi.

E-polis qog‘oz shaklidagi shartnomaga (polisga) tenglashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0