09:13 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
394 0 0

64 gigabayt xotira quvvatiga ega “Oʻzbekiston” milliy smartfonlari oʻziga xos milliy dizayn va zamonaviy koʻrinishga ega boʻlib, uning dasturiy taʼminoti oʻzbekona tusga egaligi bilan ahamiyatlidir.

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Navoiy shahridagi erkin iqtisodiy-industrial zonasida joylashgan “Telekom Devices PRO” MCHJ tomonidan milliy ruhda dasturlashtirilgan “Oʻzbekiston” smartfonlari ishlab chiqarilmoqda.

64 gigabayt xotira quvvatiga ega ushbu smartfonlar Aloqa vazirligi topshirigʻiga asosan MCHJning loyihani mahalliylashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha mutaxassisi Zarnigor Jumanova loyihasi asosida yaratilgan boʻlib, milliylik nuqtai nazaridan ichki bozorga moʻljallab tayyorlangan.

OʻzA xabariga koʻra, “Oʻzbekiston” milliy smartfonlari oʻziga xos milliy dizayn va zamonaviy koʻrinishga ega boʻlib, uning dasturiy taʼminoti oʻzbekona tusga egaligi bilan ahamiyatlidir.

Mobil aloqa vositasiga Oʻzbekiston prezidenti asarlari, mumtoz va zamonaviy oʻzbek adabiyotining nodir namunalari jamlanmasi, radioinssenerovkalar, 100 dan ortiq oʻzbek kuy va qoʻshiqlari , shuningdek, mamlakatningning eng diqqatga sazovor goʻshalari tasviri tushirilgan foto-albomlar yuklangan.

Bundan tashqari, “Hukumat” dasturi ham kiritilgan boʻlib, dasturga barcha vazirliklar, toʻrt hokimiyat tizimi ishonch telefonlari joylashtirilgan. Telefon raqamlar oʻzgarishi bilan bogʻliq hollarda dastur avtomatik tarzda yangi raqamlarni kiritish xususiyatiga ham ega.

"Ayniqsa, telefon panelining markaziy qismiga Oʻzbekiston Respublikasi gerbi tushirilishi oʻziga xos yangilik boʻldi. Shu bilan birga mahsulot milliy brend ekanligini hisobga olib, telefonlarni maxsus sovgʻabop qutilarga joyladik. Boshlanishiga 3000 dona “Oʻzbekiston” smartfonlari ishlab chiqargan boʻlsak, ayni paytda mahsulotimizning 50 foizdan koʻprogʻi sotildi”, – deydi “Telekom Devices PRO” MCHJ rahbari N.Rahimov.

Bundan tashqari, bolalar telefon qoʻl soatlari, CDMA 450 standartidagi statsionar telefonlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyilgan.

Hozirda qoʻshni mamlakatlarga eksport qilish yuzasidan muzokaralar ham olib borilmoqda.

Teglar:
telefon, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular