16:13 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
91 0 0

AOKA davlat idoralarining rahbarlariga ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda oʻz rasmiy sahifasini ochish majburiyatini yuklashni taklif qilmoqda.

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda davlat idoralarining turli darajadagi rahbarlariga koʻplab foydalanuvchilarga ega ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda oʻz rasmiy sahifasini ochish majburiyati yuklanishi mumkin. Bu Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi muhokama qoʻygan “Davlat organlari faoliyatini yoritish uchun ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori loyihasida soʻz borgan.

Loyihada yozilishicha, davlat idoralarining axborot siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, jumladan oʻz faoliyatini keng-koʻlamda tezkor yoritish ishlari qoniqarsiz deb topilgan.

Shu sabab davlat idoralari axborot siyosati sohasidagi faoliyatini qayta koʻrib chiqish hamda 10 muddatda oʻz tuzilmalaridagi mavjud shtat birliklari doirasida axborot xizmatini shaxsan birinchi rahbarga boʻysunadigan mustaqil tarkibiy boʻlinma sifatida tashkil (qayta tashkil) taklif qilinmoqda.

2021 yil 1 fevraldan boshlab shunday tartib oʻrnatish taklifi ilgari surilmoqda:

  • davlat idoralari faoliyatini doimiy yoritib borish hamda amalga oshirilayotgan loyihalarni jamotchilikka tezkor va tushunarli yetkazib berish orqali tashkilotning ijobiy imijini shakllantirishga doir vazifalarni amalga oshirish jarayonida hamorlikda ishlovchi jurnalist va foydalanuvchilar soni yuqori boʻlgan blogerlardan iborat “Media pul” tashkil etish;
  • jurnalistlarning akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi yozma va elektron murojaatlari davlat idoralari tomonidan tegishli murojaat olingan kundan boshlab koʻpi bilan uch ish kunida koʻrib chiqilishi belgilanishi;
  • davlat idoralari oʻzlarining jamoatchilik kengashlari faoliyati va aʼzolar roʻyxatini qayta koʻrib chiqishi va jamoatchilik kengashlari tarkibiga kamida bir nafardan faol jurnalist va/yoki blogerni kiritish choralari koʻrishi;
  • AOKA tomonidan OAV, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlarning monitoringi natijasida aniqlangan davlat idoralari faoliyatiga taalluqli, aholining keng qatlami ongiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi material va maʼlumotlarga davlat idoralarining tezkor munosabat bildirish muddati bir kun qilib belgilash;
  • davlat idoralari har chorakda kamida bir marta OAV va blogerlar uchun ochiq boʻlgan matbuot konferentsiyalari, brifinglar tashkil etish va intervyular, savol-javoblar oʻtkazish yoʻli bilan jamoatchilikka doimiy hisobot berib borishi;
  • davlat idoralarining turli darajadagi rahbarlari “Facebook”, “Twitter”, “Instagram”, “Telegram” kabi koʻplab foydalanuvchilarga ega ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarda oʻz rasmiy sahifalarini ochishi va ularni belgilangan tartibda verifikatsiya qilish choralarini koʻrish;
  • davlat idoralarining birinchi darajali rahbarlari axborot xizmatlari bilan birgalikda Internet tarmogʻidagi “Wikipedia” mustaqil internet-entsiklopediyasida alohida veb-sahifa ochib, oʻzi boshqarayotgan davlat idorasi va oʻzining mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzbek, rus, ingliz tillarida joylashtirishi;

Shuningdek, 2021 yil yakuniga qadar ishlovchi mobil ilovalarni ishga tushirish hamda mazkur ilovalardagi axborot, maʼlumotlar bazasini ochiq maʼlumotlar portali (opendata.gov.uz) bilan integratsiya qilish choralarini koʻrish taklif qilinmoqda.

Davlat idoralarining rahbar xodimlari oʻz rasmiy sahifalarida hafta davomida kamida uch marta boshqaruvidagi davlat idorasi faoliyatiga daxldor boʻlgan axborotni joylashtirib borishi shartligi ham belgilanmoqdv. Mazkur sahifalar orqali jamoatchilik fikrini oʻrganib, murojaat va savollarga javob berib borilishi kerak.

Asosiy mavzular