11:24 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
221 0 0

Mustaqil Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba mamlakatning bir yoʻla toʻrtta oliy taʼlim muassasasi eng kuchli universitetlar qatoridan oʻrin egalladi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Oʻzbekistonning toʻrtta oliy taʼlim muassasasi “Quacquarelli Symonds” xalqaro agentligining 2021 yil uchun eng yaxshi universitetlar reytingidan joy oldi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar qildi.

Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari boʻyicha 2021 yil uchun eng kuchli universitetlar reytingiga  Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti (251-300); Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (351-400); Samarqand davlat universiteti (351-400); Toshkent davlat texnika universiteti (351-400) kiritilgan.

Reytingda eng yuqori oʻrinlarni M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Rossiya), Tartus universiteti (Estoniya), Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya) va Karlov universiteti (Chexiya) egallagan.

2018 yilda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi QS va “Times Higher Education” xalqaro reyting agentliklari bilan respublika OTMlarini xalqaro reytinglarga kirishga tayyorlash boʻyicha strategik shartnoma imzolagan edi.

Maʼlumot uchun, dunyoda taʼlim sifatini baholovchi koʻplab  reyting tizimlari boʻlib, ulardan xalqaro miqyosda tan olinadigan Times Higher Education (THE), Quacquarelli Symonds (QS) va Academic Ranking of World Universities (ARWU) Shanxay reyting kompaniyalari oʻzining nufuzi bilan  dunyoga mashhur.

Teglar:
OTM, reyting, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular