TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Moskva shahridagi Altufyevo tumanida ishlaydigan dvorniklar rossiyalik reper Morgenshternning “Cadillac” qoʻshigʻiga remeyk klip tasvirga olishdi.
Ayni vaqtda klip ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalmoqda.
Kommunalщiki iz Altufyevo zapisali na pesnyu Morgenshterna i @saynaraboy i snyali klip pic.twitter.com/vJl5EVL9Sv
— Dikaya Moskva (@WildWildMoscow) December 16, 2020
Rolikda migrantlar hashamatli avtomashinalar oʻrniga velosiped, arava va kuraklardan foydalanishgan.
Bu video ostida internet foydalanuvchilari koʻplab ijobiy izohlar qoldirib, kommunal xizmat koʻrsatish ishchilarining ijod namunasiga yuqori baho berishdi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada rossiyalik reper Alisher Morgenshtern Buxoro shahriga kelib, “Mercedes-Benz E 200” avtomashinasini buxorolik Azim Abdullayevga sovgʻa qilgandi.