TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. 2021-Xalqaro armiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tashkiliy-qoʻmita aʼzolari ishtirokida konferentsiya onlayn formatda boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi "Zvezda" telekanali.
ArMI-2021 22 avgustdan 4 sentyabrgacha boʻlib oʻtadi. 95ta davlat Oʻyinlarda qatnashish uchun taklif qilindi.
15 davlat hududida jami 34 ta xalqaro musobaqa oʻtkazish rejalashtirilgan.
Ayni vaqtda 20 ta mamlakat murojaat qilgan. ARMI-2021 bosqichlarini oʻtkazish uchun Ozarbayjon, Jazoir, Armaniston, Belarus, Vyetnam, Eron, Hindiston, Isroil, Xitoy, Qatar, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Pokiston, Rossiya, Serbiya, Oʻzbekiston va Shri-Lanka davogarlik qilmoqda.
Uchrashuvda nafaqat ishtirokchi davlatlar sonini, balki armiya musobaqalari turlarini ham koʻpaytirish taklif qilindi.
ArMI-2021da 45 tadan ortiq mamlakatdan 260 ta jamoa qatnashishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston jamoasi 23 avgustdan 5 sentyabrga qadar boʻlib oʻtgan Xalqaro armiya oʻyinlarida umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, oʻzbek harbiylari qator yoʻnalishlarda rekord natijalarni qayd etdi.