Nukusda ayollar mitingi: aybdor shaxslarga intizomiy choralar ko‘riladi

Obuna bo‘lish
Ma’lum qilinishicha, o‘rganish yakuni bilan aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘riladi. Mablag‘lar to‘liq to‘lab berilgani va aybdor mansabdor shasxlarga choralar ko‘rilganligi to‘g‘risida ma’lumot ko‘shimcha taqdim etiladi

TOShKENT, 18 dek - Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Nukus shahrida o‘z ish haqini vaqtida ololmagan va shu bois avtomobil qatnov yo‘lida norozilik namoyishi o‘tkazgan ayollar ishini tezkorlik bilan o‘rganib chiqdi.

Gaz - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda gaz yo‘qligidan norozi aholi mashina yo‘lini to‘sib qo‘ygani yuzasidan ma’lum berildi

Idora xabarida keltirilishicha, noyabr oyida "Temir daftar"ga, "Ayollar daftari"ga kiritilgan kambag‘al oilalarning mehnatga layoqatli a’zolarining bandligiga ko‘maklashish maqsadida Nukus shahrida 1 184 nafar ishsiz fuqaro qo‘shimcha ravishda mahalla fuqarolari yig‘inlari buyurtmasiga asosan jamoat ishlariga jalb etilgan va ularga 817 million so‘m ish haqi hisoblangan.

Amaldagi tartibga muvofiq, buyurtmachi – ish beruvchi tomonidan jamoat ishlarida bajarilgan ish hajmi to‘g‘risida dalolatnoma, jamoat ishiga qatnashganligini tasdiqlovchi qaydnoma (tabel) taqdim etilganidan so‘ng mazkur hujjatlar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoat ishlari jamg‘armasidan qo‘shimcha mablag‘lari moliyalashtirilib beriladi.

Rabochie kompanii ETER Engeneering - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda ishchilar nimadan norozi bo‘lgani aniqlandi

"Yuqoridagi holat yuzasidan tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va moliyalashtirishda mutasaddi xodimlar tomonidan o‘z vaqtida hal qilinmaganligi sababli Jamoat ishlari jamg‘armasi tomonidan pul mablag‘lari joriy yil 5-dekabr kuni o‘rniga 15 va 17-dekabr kunlari o‘tkazilgan", - deya tushuntirgan vazirlik.

Hozirgi kunga kadar fuqarolarga 226 million so‘m ish haqi to‘lab berilgani, qolgan 591 million so‘m mablag‘ Nukus shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 18-dekabr kuni to‘liq to‘lab berilishi aytilmoqda.

O‘rganish yakuni bilan aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘riladi. Mablag‘lar to‘liq to‘lab berilgani va aybdor mansabdor shasxlarga choralar ko‘rilganligi to‘g‘risida ma’lumot ko‘shimcha taqdim etiladi, deb xabar qilgan vazirlik.

Yangiliklar lentasi
0