06:53 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
520 0 0

Oʻzbekistonda tiktokerlarga taqiq qoʻyish emas, balki ularni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirish boʻyicha ish olib borish kerak, degan fikrni bildirgan Ortiqxoʻjayev, Yoshlar forumida yoshlar bilan birgalikda TikTok uchun videoga tushgan.

TOSHKENT, 18 dek - Sputnik. Oʻzbekiston poytaxti rahbari Jahongir Ortiqxoʻjayev bugun Toshkent shahrida oʻtkazilgan Yoshlar forumida Tik Tok uchun videoga tushdi. Hokimning yonida Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari Behzod Musayev ham boʻlgan.

Ikki amaldorning yoshlar bilan Tik Tok uchun videoga tushayotgan surati ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda ommalashmoqda.

Toshkent hokimi Ortiqxoʻjayev Tik Tok uchun rolikda suratga tushdi

Eslatib oʻtamiz, sal oldin Ortiqxoʻjayevning Oʻzbekistondagi tiktokerlar boʻyicha bildirgan fikrlari mahalliy OAVlarda tarqalgan edi.

Ortiqxoʻjayevning fikricha, tiktokerlarga taqiq qoʻyish emas, balki ularni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirish boʻyicha ish olib borish kerak.

"TikTok’ni internet olamining bir qismi deb bilaman. Internetda blogerlar ham bor, jurnalistlar ham bor, tiktokerlar ham bor. Ularni bir-biridan, yaʼni etni tirnogʻidan ajratib boʻlmaydi. Yurtimizda tiktokerlarga taqiq qoʻyish emas, ularni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirish boʻyicha ish olib borishimiz kerak. Yoshlarga toʻgʻri yoʻl koʻrsatib, ularga toʻgʻri yoʻnalish koʻrsatib, qilayotgan ishlaridan samarali foydalansa boʻladi, deb oʻylayman.

Menimcha, har narsaga taqiq qoʻyish rivojlanayotgan demokratik davlatga hos narsa emas. Ular bilan birga ishlaymiz, ularga tayanch boʻlamiz, ularni himoya qilamiz. Bugun ahamiyatsiz boʻlib koʻrinayotgan tiktokerlar ertaga ahamiyatli shaxsga aylanib qolishi hech gap emas. Biz ularning yonlarida tayanch boʻlsak, bas", - degan Ortiqxoʻjayev. Hokim soʻzlaridan "Daryo" nashri iqtibos keltirgan.

Asosiy mavzular