17:11 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
22010

Toshkentda taomlar bilan bogʻliq tajribalar tugamadi - endi "Toshkent Citi" hududida ulkan 50 metrli lavash tayyorlandi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Toshkentda taomlar bilan bogʻliq eksperimentlar tugamadi - endi poytaxtda ulkan 50 metrli lavash tayyorlandi va undan tushgan mablagʻ "Mehrli Q'ollar" xayriya fondiga joʻnatildi.

Tadbir "Toshkent Citi" hududida boʻlib oʻtdi.

Ushbu lavash 70 nafar oshpaz tomonidan tayyorlandi, ularga 20 nafar menedjer koʻmaklashdi.  

Taomni tayyorlash uchun 50 kg goʻsht, 8 kg chips, 7 kg pomidor, 7 kg bodring, 5 l sous va bir blokdan ketchup va mayonez sarflandi.

Eslatib oʻtamiz, bundan oldin poytaxtda diametri 2,5 metr boʻlgan burger, undan oldin esa 45 metrli xot-dog tayyorlandi.

Asosiy mavzular