10:21 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
164 0 0

Yangi yil tantanalari munosabati bilan 20 dekabrdan 2021 yil 15 yanvarigacha ayrim koʻchalarda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi.

TOSHKENT, 20 dek — Sputnik. Kirib kelayotgan Yangi yil tantanalari munosabati bilan  Toshkent shahri markazida bayram tadbirlar  oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 20 dekabr kuni soat 06:00 dan  2021 yil 15 yanvar soat 00:00 gacha  quyidagi koʻchalarda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi:

- Buyuk Turon koʻchasining A.Navoiy va Matbuotchilar koʻchalari oraligʻidagi qismi;

- Zarafshon koʻchasining A.Navoiy va Matbuotchilar koʻchalari oraligʻidagi qismi;

- Istiqlol koʻchasining Buyuk Turon koʻchasi va Amir Temur shoh koʻchasi oraligʻidagi qismi;

- Mustaqillik shoh koʻchasining Zarafshon koʻchasi va Amir Temur xiyoboni oraligʻidagi qismi.

V Tashkente pochti na mesyats perekroyut neskolko ulits
© Press-slujba xokimiyata g. Tashkent
V Tashkente pochti na mesyats perekroyut neskolko ulits

Shahar maʼmuriyati keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.

Asosiy mavzular