10:21 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
53310

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 079 nafar bemordan 170 nafari ogʻir, 33 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 20 dek — Sputnik. 2020 yil 19 dekabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 75 933 (+127) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Koronavirusdan 73 242 nafar bemor tuzalib ketgan va sogʻayish koʻrsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 079 nafar bemordan 170 nafari ogʻir, 33 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Mamlakatda jami 612 kishi virus qurboni boʻlgan. Oxirgi oʻlim holati 11 dekabr kuni qayd etilgan edi. Toʻqqiz kun davomida koronavirusdan oʻlim holati kuzatilmadi.

Oʻzbekistonda koronavirus koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni sezilarli kamaygani sabab qator saralash va taqsimlash markazlari yopilib, tibbiyot muassasalari odatiy ish tarziga qaytmoqda. Hozirda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bilan shugʻullanadigan 159 ta tibbiyot muassasasidan faqat 32 tasi faoliyat yuritmoqda.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular