Poytaxtda muhtasham bosh archa o‘rnatildi

Obuna bo‘lish
Yangi yil bayram tadbirlarini ko‘tarinki ruhda tashkil etish, aholimizga madaniy xordiq uchun sharoitlar yaratish maqsadida muhtasham archa o‘rnatildi va bolajonlar uchun o‘yingohlari ishga tushirildi.

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. 20-dekabrdan Toshkentning Istiqlol ko‘chasida (O‘zbekiston milliy kutubxonasi yaqinida) muhtasham archa o‘rnatildi va bolajonlar uchun o‘yingohlari ishga tushirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qor qiz. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent Yangi yilga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda - foto

E’tiborli jihati, bu yil archada musiqa sadolari ostida tovlanuvchi chiroqlarni emas, balki RGB ekranda qiziqarli namoyishlarni ko‘rish mumkin.

Ta’kidlanishicha, maydon esa oq va ko‘k rangli chiroqlar bilan bezatilgan. Kun davomida estrada yulduzlari ishtirokida konsertlar, shou dasturlar va sirk namoyishlarini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Bayram tadbirlari 2021-yilning 10-yanvariga qadar har kuni soat 10:00dan kechki 22:00 gacha davom etadi.

Hokimlik bayram tadbirlarida karantin qoidalariga rioya qilishni unutmaslik zarurligini eslatgan.

Yangiliklar lentasi
0