10:16 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
759 0 0

Rossiya maxsus reys bilan Oʻzbekistonga jinoiy javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish uchun 56 nafar fuqarolarni joʻnatdi.

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiya maxsus reys bilan Oʻzbekistonga jinoiy javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish uchun 56 nafar fuqarolarni joʻnatdi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, Rossiya bosh prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Bosh prokuraturasining odam oʻldirishga suiqasd qilish, bosqinchilik, oʻgʻrilik va boshqa jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortish uchun fuqarolarni topshirish toʻgʻrisidagi soʻrovi qanoatlantirilgan.

“Bugun Novosibirsk aeroportida epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda barcha zaruriy xavfsizlik choralariga rioya qilib, 56 nafar fuqaroni vataniga topshirish amalga oshirildi”, - deyilgan xabarda.

Koronavirus tarqalishi tufayli ularni vataniga topshirishda alohida choralar koʻrilgan. Oʻzbekiston tomoni ularni olib ketish uchun maxsus aviareys joʻnatgan.

Teglar:
jinoyatchi, Bosh prokuratura, Oʻzbekiston, Rossiya

Asosiy mavzular