11:33 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
349 0 0

Oʻzbekiston va Rossiya mehnat migrantlarini emlash uchun koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasining 1 million dozasini yetkazib berish toʻgʻrisida bitim imzoladi.

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya Rossiyaga ishlashga ketayotgan mehnat migrantlarini emlash uchun koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasining 1 million dozasini yetkazib berish toʻgʻrisida bitim imzoladi. Bu haqda Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“Oʻzbekistonlik hamkorlar koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasini xarid qilishga ham qiziqish bildirmoqda. Inson adenovirus vektorlari platformasi asosida yaratilgan, dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatga olingan “Sputnik V” vaktsinasini Oʻzbekistonga dekabr oyida xizmat safari bilan boʻlgan Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov shaxsan olib kelgan edi”, - dedi elchi Toshkentdagi matbuot anjumanida.

Shuningdek, Tyurdenevning soʻzlariga koʻra,  Rossiyaga ishlashga ketayotgan mehnat migrantlarini emlash uchun koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasining 1 million dozasini yetkazib berish toʻgʻrisida bitim imzolangan.

Elchi kelgusi yili Rossiyadan COVID-19 ga qarshi ikkinchi “Epivakkorona” vaktsinasini xarid qilish uchun shartnoma tuzish kutilayotganini maʼlum qildi.

 

Teglar:
Sputnik V, Oʻzbekiston yangiliklari, emlash, vaktsina, koronavirus, migrantlar, Oʻzbekiston, Rossiya, Vladimir Tyurdenev

Asosiy mavzular