11:17 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
74 0 0

Oʻzbekistonning aeroport, temir yoʻl chegara punktlarida kirib keluvchi fuqarolar oʻz hisobidan ekspress-test topshirish amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 22 dek - Sputnik. Kelayotgan juma kuni - 25 dekabrdan boshlab Oʻzbekistonga kirib kelayotgan barcha fuqarolar koronavirusga ekspress-test topshirishni boshlaydi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligining Operativ shtabi xabar qilmoqda.

"Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 2020-yil 25 dekabrdan eʼtiboran Oʻzbekistonga kirib kelayotgan shaxslardan koronavirus infektsiyasi antigenini aniqlash ekspress testini olish tartibini joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi", - deyilgan xabarda. 

Xabarda aytilishiga koʻra, ekspress test aeroportlarda, temir yoʻl vokzallarida va chegara punktlarida Oʻzbekistonga keluvchilarning oʻz hisobidan amalga oshiriladi. Mazkur tartibga koʻra COVID-19ga topshirilgan PZR testining manfiy natijasi toʻgʻrisida maʼlumotnomaga ega shaxslardan ham eksrpess test olinadi.

Ekspress test natijalari musbat chiqqanda, bemorlar koronavirus infektsiyasini davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi yoki uy sharoitida davolanishga yoʻnaltiriladi.

Asosiy mavzular