11:08 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
264 0 0

2021 yil 10 yanvarga qadar Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari fuqarolari Oʻzbekistonga kiritilmaydi.

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Oʻzbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi bayonoti eʼlon qilindi.

Taʼkidlanishicha, soʻnggi kunlarda ayrim xorijiy mamlakatlarda, xususan, Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasida yangi koronavirus infektsiyasi aniqlanish holatlari soni tubdan oshib ketib, epidemiologik vaziyat keskin yomonlashuvi kuzatilmoqda.

Ushbu mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda aksariyat Yevropa va boshqa davlatlar tomonidan epidemiologik vaziyatni murakkablashtirmaslik maqsadida yuqoridagi davlatlar bilan xalqaro aviatashuvlarni cheklash boʻyicha qarorlar qabul qilindi.

Joriy yil 21 dekabr sanasidan 2021 yil 10 yanvarga qadar Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) toʻxtatiladi.

Shu bilan birga, yuqorida keltirilgan davlatlari fuqarolari, ushbu davlatlarda doimiy istiqomat qiluvchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hamda soʻnggi 14 kun davomida mazkur davlatlarda boʻlgan uchinchi davlat fuqarolari yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasiga kiritilmasligi belgilandi.

Shuningdek, soʻnggi 14 kun davomida bqorida keltirilgan davlatlarida boʻlgan holda uchinchi davlatlar orqali Oʻzbekistonga kirib kelayotgan Oʻzbekiston fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasida yoki tegishli mehmonxonada karantinga olinishi belgilab qoʻyildi.

Mazkur joriy etilayotgan cheklovlar ushbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sari bosqichma-bosqich bekor qilib boriladi.

Respublika maxsus komissiyasi fuqarolardan karantin cheklovlariga qatʼiy amal qilishni soʻrab qolgan. Shuningdek, yangi yilni oila davrasida kutib olish zarurligini yana bir bor eslatib oʻtgan.

Teglar:
Respublika maxsus komissiyasi bayonoti, Oʻzbekiston yangiliklari, Buyuk Britaniya, aviaparvozlar, aviareys, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular