10:32 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
32610

Respublikada atom elektr stantsiyasini qurish toʻgʻrisida shartnoma deyarli tayyor, texnik jihatlari qoldi – Rossiya elchisi.

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Respublikada atom elektr stantsiyasini qurish toʻgʻrisida shartnoma deyarli tayyor, texnik jihatlari qoldi. Bu haqda Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev 2020 yil yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

2018 yil sentyabr oyi boshida Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari respublika hududida atom elektr stantsiyasini qurish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzoladilar. "Rosatom" davlat korporatsiyasi VVER-1200 reaktorlari bilan "3+" avlodi 2ta energiya bloklari kompleksini qurish rejalashtirmoqda.

Stantsiya qurish uchun Jizzax viloyatining Tuzkan koʻli yaqinidagi joy tanlangan.

Tomonlar hozirda qoʻshimcha masalalar ustida ish olib bormoqda: xususan, boʻlajak stantsiya uchun suv isteʼmolini kamaytirish masalasi.

"Ammo sizlarni ishontirib aytishim mumkinki, ikkala tomon ham loyihani amalga oshirish kerakligidan kelib chiqmoqda. Bu barcha darajalarda tasdiqlangan. Loyihani amalga oshirilishning texnik jihatlari boʻyicha masala qolmoqda", - deya qoʻshimcha qildi diplomat.

2019 yil fevral oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-2029 yillarda mamlakatda atom energetikasini rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqladi. Hujjatda Rossiya hukumati krediti bilan 2022 yilda atom elektr stantsiyasining qurilishi boshlanishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular