Kam daromadli fuqarolar uy-joy sotib olishi uchun necha pul subsidiya berilgani ma’lum bo‘ldi

© UzA / Abu Bakir Urozov, Sarvar UrmonovNovie doma v Sergeliyskom rayone
Novie doma v Sergeliyskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil davomida kam daromadli fuqarolardan ipoteka krediti olishi uchun jami 40 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan.

TOShKENT, 23 dek - Sputnik. 2020 yilning so‘nggi 10 oyida O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalar tomonidan ipoteka krediti olish uchun 15 mingdan ortiq subsidiyalar ajratilgan. Bu haqida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi xabar qilmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha yil davomida uy joy olish maqsadida subsidiya ajratish uchun jami 40527 dona ariza kelib tushgan. Vazirlik maxsus komissiyasi tomonidan ulardan 15 285 tasi bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan. 

Shu kunga qadar 2403 nafar kishiga 59 millard so‘mdan ortiq subsidiyalar to‘lab berilgan. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalar uy joy olishi uchun subsidiyalar to‘lab berish haqida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yilning 25-martida "Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lar tartibi to‘g‘risidagi nizomi" qabul qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0