TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Bayram oldi va bayram kunlari yoʻlovchilarga transport xizmatlarini koʻrsatishni yanada oshirish va ularga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan "Toshkent – Samarqand – Toshkent" yoʻnalishida qoʻshimcha 764/763-sonli “Afrosiyob” poyezdlarining qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.
Mazkur poyezdlar 28, 29, 30 hamda 31 dekabr kunlari qatnovlarni amalga oshirib, yoʻlovchilarni oʻz manzillariga yetkazib qoʻyadi. Chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.