17:51 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1348)
450 0 0

Dunyo ahlini tahlikaga solib turgan koronavirusning mutatsiyaga uchragan shtammi qanchalik xavfli, u infektsiyaning hozirgi shaklidan qanday farq qiladi?

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusning shtammi haqida maʼlumot berdi.

Hozirda Buyuk Britaniya olimlari u yerda koronavirusning yangilangan shtammi tarqalayotgani haqida aytishmoqda. Ularning taʼkidlashicha,  bu turning avvalgi koronavirus infektsiyasiga nisbatan yuqumliligi 71 foiz boʻlib, odatiy COVID-19ga qaraganda oʻta yuqumlidir.

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayevaning soʻzlariga koʻra, har qanday virus atrof-muhitga moslashish davrida mutatsiyaga uchraydi. Mutatsiyaning qanchalik keng koʻlamda boʻlishi virusning tarqaluvchanligi bilan bogʻliq, yaʼni kasallikni yuqtirgan har uchinchi, toʻrtinchi odamda bu virus mutatsiyasi kuzatiladi. Koronavirusning keng tarqalayotgan mutatsion shtammi sentyabr oyida birinchi bor Buyuk Britaniyada aniqlangan, bugungi kunda 60 nafardan ortiq provintsiyada bu shtamm kuzatilayotgani haqida maʼlumotlar mavjud.

Olimlarni kuzatishi boʻyicha COVID-19ning mazkur shtammi koʻproq bolalar va yoshlarda aniqlanmoqda hamda kasallik belgilarida deyarli oʻzgarish yoʻq. Lekin bu shtamm aniqlanganiga xali koʻp vaqt boʻlmagani bois, kasallikning ogʻir va oʻta ogʻir darajada kechuvi haqida maʼlumotlar yetarli emas. Bu esa bizni yanada hushyor boʻlishga chorlaydi.

“Yangi shtamm tahlillari shuni koʻrsatmoqdaki,  mutatsiyadan soʻng virusning toj oqsillarida oʻzgarish boʻlgan — bular virusning odam tanasi hujayralari qobigʻidan oʻtib, ichkariga kirishida kalit vazifasini oʻtovchi qismidir. Virus shu tojlar  orqali tana hujayrasi yuzasi bilan kontaktga kirishadi. Ishlab chiqilayotgan vaktsinalar koronavirusning tashqi qobigʻi, yaʼni yogʻ kislotasi mavjud S-oqilli qobigʻiga taʼsir qiladi. Koronavirus mutatsiyaga uchrab, oʻz genetik shtammini oʻzgartirsa ham vaktsinalar uning yangi shtammlariga taʼsir koʻrsatishi toʻgʻrisida Buyuk Britaniya va Rossiya olimlari taʼkidlab kelmoqda”, - deydi Sevara Ubaydullayeva.

Vaktsina immun tizimini virusning turli tarkibiy qismlariga hujum qilish uchun tayyorlaydi, bu esa tojning muayyan qismi mutatsiyaga uchrasa ham, vaktsina samarasi saqlanib qolishini anglatadi. Dunyo olimlari virus vaktsinaga qarshi tura oladigan mutantlarni keltirib chiqarsa, koronavirusga qarshi vaktsinalarni kasallikka moslashtirib borish mumkinligi haqida aytishmoqda.

Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi mutatsiyasi dunyoni sarosimaga solmoqda

Mutaxassis ungacha kasallikdan himoyalanish uchun esa, doimiy ravishda karantin va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, sogʻlom turmush tarziga amal qilish kerakligini taʼkidladi.

Jumladan:

  • niqoblarni toʻgʻri taqish va oʻz vaqtida almashtirish;
  • uydan tashqariga chiqqanda oʻzaro masofani saqlash;
  • qoʻllarni doim sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan ishlov berish;
  • uyga qaytganda, oila aʼzolari bilan koʻrishishdan oldin kiyimlarni almashtirish, qoʻllarni sovunlab 20 soniyadan koʻp yuvish, tomoq va burunni 3 martadan ortiq issiqroq suvda chayish, yuzlarni yuvish;
  • sogʻlom va ratsional ovqatlanish, meva sabzavotlarga boy ovqat maxsulotlarini isteʼmol qilish (ovqat toʻliq termik taʼsirdan oʻtgan boʻlishi kerak);
  • yengil jismoniy harakatlar bilan doimiy shugʻullanish, nafas mashqlarini bajarish va asta-sekin jismoniy faollikni koʻpaytirib borish lozim.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston bir necha davlatlar, jumladan, Buyuk Britaniya bilan ham aviaqatnovlarni vaqtincha toʻxtatgan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1348)
Teglar:
Buyuk Britaniya, koronavirus, SSV

Asosiy mavzular