17:02 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
126 0 0

Fojea sodir boʻlishiga 4 nafar masʼul xodimlar aybdor deb topilgan, lekin jinoyat ishi ayblilik masalasi hal etilmasdan oldin tugatilgan. 

TOSHKENT, 24 dek - Sputnik. Yunusobod metrosi qurilishida sodir boʻlgan fojea uchun hech kim jazolanmadi, ayni damda jinoyat ishi toʻxtatilgan deb xabar qilmoqda Gazeta.uz Toshkent shahar prokuraturasi maʼlumotiga asosan.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning 18 dekabrida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa tufayli 6 nafar quruvchi vafot etgan edi. Oʻshanda fojeaga sabab boʻlgan tuproq oʻpirilishiga tonnel qazish texnik xavfsizligi buzilishi hamda yogʻingarchilik sabab boʻlgan deyilgan edi. 

Shundan soʻng fojeada zarar koʻrgan oilalarga 261,9 mln soʻmdan va yana bir oila uchun — 281,6 mln soʻm miqdorida bir martalik nafaqa puli belgilagan edi. Undan tashqari,boquvchisini yoʻqotgan marhumlar oila aʼzolariga oylik yordam pullari toʻlab borish ham belgilangan edi. 

Toshkent shahar prokuraturasi javob xatida maʼlum qilishicha, ushbu texnogen fojea sodir boʻlishiga "Koʻprik qurilish invest" UK, "Toshkent metropoliteni" UKlarning 4 nafar masʼul xodimlari aybdor deb topilgan, lekin jinoyat ishi ayblilik masalasi hal etilmasdan oldin tugatilgan. 

"Aniqlangan qoidabuzarliklar ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilganligini inobatga olgan holda yuqorida qayd etilgan shaxslar oʻzlariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoiy ishni ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib tugatishni soʻrab murojaat qilishgan», deyiladi xatda.

Shuningdek, Mehnat vazirligi maxsus komissiyaning jabrlanuvchi oilalar daʼvosi yoʻqligini  hamda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvining yuqoridagi xodimlarga bergan ijobiy tavsifnomasini inobatga olgan holda - 2020 yil 18 mart kuni Oʻzbekiston jinoyat kodeksining 84-moddasi 5-qism 2-bandiga asosan (ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan boʻlsa) jinoyat ishi tugatildi», — deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular