22:28 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
86 0 0

Yolgʻon axborot tarqatganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikka takroran yoʻl qoʻysa, BHMning 400 baravarigacha (89 mln 200 ming soʻm) jarimaga tortilishi yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi bilan jazolanishi mumkin.

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Oʻzbekistonning ayrim kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan yolgʻon axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet tarmogʻida tarqatish BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming soʻm) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Agar tarqatilgan yolgʻon axborot jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid solsa uni tarqatgan shaxs BHMning 100 baravarigacha (22 mln 300 ming soʻm) jarimaga tortilishi mumkin.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, yolgʻon axborot tarqatganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikka takroran yoʻl qoʻysa, BHMning 400 baravarigacha (89 mln 200 ming soʻm) miqdorda jarimaga tortilishi yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash jazosi bilan jazolanishi mumkin.

Teglar:
jinoiy javobgarlik, yolgʻon axborot, Oʻzbekiston yangiliklari

Asosiy mavzular