17:06 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
827 0 0

Oʻzbekistonda soʻnggi ikki hafta ichida yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi. Hozirda koronavirusdan kasallanganlarning 98 foizi tuzalib ketishga muvaffaq boʻlgan.

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. 2020 yil 26 dekabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 76 751 (+85) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 1 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 2 nafari Andijon viloyatida, 2 nafari Jizzax viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida, 3 nafari Namangan viloyatida, 11 nafari Toshkent viloyatida, 61 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek,  1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, qurbonlar soni 613 nafarga etdi. Qayd etish joizki, mamlakatda koronavirusning soʻnggi qurboni 11 dekabr kuni qayd etilgan edi.

Toshkentda koronavirusga qarshi kurashganlarga davlat mukofotlari topshirildi

Mamlakatdan kasalllikdan sogʻayganlarning jami 74291 (+198) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1847 nafar bemordan 168 nafari ogʻir, 32 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.  

Teglar:
Oʻzbekiston, koronavirus pandemiyasi, koronavirus, Oʻzbekiston yangiliklari

Asosiy mavzular