TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. “Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu va qayligʻi Jorjina Rodriges oʻzbekona libosda koʻrinish berdi.
Avvaliga Jorjina Instagram sahifasiga oʻzbekona toʻnda tushgan suratini joyladi va “Oʻzbekistondan mehr bilan tayyorlangan qoʻl mehnati” deya izoh yozdi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Keyinchalik oʻzbekistonlik sobiq MMA jangchisi, hozirda BAAda istiqomat qilayotgan Umid Mavlonov oʻzining Instagram sahifasida Krishtianu Ronaldu bilan birga tushgan suratini namoyish qildi. Unda futbolchi oʻzbek choponini kiyib olgan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Suratda Otabek Umarov ham belgilangan edi. Bir necha soat oʻtib Otabek Umarov ushbu suratni Instagram stories᾽ga joyladi.