21:54 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
250 0 0

Bu yilgi “Prezident sovgʻasi” tarkibiga 20 turdagi shirinlik, 3 turdagi oʻquv qurollari va 2 turdagi jihozlar kiritilgan.

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. 11 ming dona “Prezident sovgʻasi” Oʻzbekiston hududlariga joʻnatildi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan 3-15 yoshdagi bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun 11 000 dona “Prezident sovgʻasi” tayyorlanib hududlarga yuborilmoqda.

Chto prezident podarit uzbekistanskim detyam na Novыy god
Chto prezident podarit uzbekistanskim detyam na Novыy god

“Prezident sovgʻasi” tarkibiga 20 turdagi shirinlik, 3 turdagi oʻquv qurollari va 2 turdagi jihozlar kiritilgan.

Oʻzbekiston prezidenti nomidan hozirlangan sovgʻalar hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30 dekabr kunlari yetkazib beriladi.

Chto prezident podarit uzbekistanskim detyam na Novыy god
Chto prezident podarit uzbekistanskim detyam na Novыy god

Eslatib oʻtamiz, 2020 yilgi “Prezident archasi” tadbirlari COVID-2019 bilan bogʻliq vaziyatni inobatga olgan holda bolalar sogʻligini asrash maqsadida karantin talablariga qatʼiy rioya etgan holda tashkil etiladi.

Teglar:
Xalq taʼlimi vazirligi (XTV), Prezident sovgʻasi, sovgʻa, Yangi yil, Oʻzbekiston yangiliklari

Asosiy mavzular