10:23 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
467 0 0

Dekabr oyining oxirgi kunlari va yanvar oyining birinchi kunlari respublika boʻyicha sovuq va quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Bu hafta Oʻzbekistonning barcha hududlari Sibir antitsikloni periferiyasi taʼsiri ostida boʻladi, u Rossiyaning Uraldan Oxota dengizigacha bulgan keng hududini oʻz ichiga qamrab oladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar qilmoqda.

Shu bois dekabr oyining oxirgi kunlari va yanvar oyining birinchi kunlari respublika boʻyicha sovuq va quruq ob-havo  boʻlishi kutilmoqda. Meʼyordan 4-7 darajaga past boʻlgan harorat hafta davomida saqlanib turadi.

“Yakshanba kuni 27 dekabrda yogʻib oʻtgan qor bu yilgi soʻnggi qor edi, Oʻzbekiston aholisi Yangi yilni qorsiz kutib oladilar”, - deyilgan xabarda.

Maʼlum qilinishicha, oxirgi marta Yangi yil bayramida qor 2013 yil 1 yanvar kunida yoqqan.

Teglar:
Yangi yil, Oʻzgidromet, ob-havo, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular