11:34 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
180 0 0

Oʻzbekistonda yangi haydovchilik guvohnomasini olish muddati 2021 yil 31 dekabrgacha uzaytirilgan. Qayta imtihon topshirish talab etilmaydi.

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda yangi haydovchilik guvohnomasini olish muddati 2021 yil 31 dekabrgacha uzaytirilgan va bunda qayta imtihon topshirish shart emas. Davlat xizmatlari agentligi shunday eslatma bilan chiqdi.

Maʼlum qilinishicha, aholiga qulay boʻlishi uchun eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2021 yil 31 dekabrga qadar davom etadi.

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun qayta imtihon topshirish shart emas. Buning uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va talon kerak boʻladi.

Qanday hollarda haydovchilik guvohnomasi olib qoʻyiladi?

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi (bugungi kunda 156 100 soʻm) miqdoridagi toʻlov amalga oshiriladi.

Srok zamenы voditelskix prav prodlen do kontsa 2021
Press-slujba Agentstva gosudarstvennыx uslug Uzbekistana.
Srok zamenы voditelskix prav prodlen do kontsa 2021
Teglar:
haydovchilik guvohnomasi, Oʻzbekiston yangiliklari

Asosiy mavzular