TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnoma yoʻllamoqda.
Murojaatnoma davomida davlat rahbari maktablarda taʼlimni rivojlantirish maqsadida oʻqituvchilarga qoʻshimcha ish haqi toʻlanishini maʼlum qildi.
“Boshqa tumandagi olis maktablarga borib ishlagan oʻqituvchiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa 100 foiz ustama haq toʻlanadi. Xususiy maktablar uchun subsidiya ajratiladi. 10 ta prezident maktabi, fanlarga ixtisoslashgan 197 ta maktab faoliyatini boshlaydi”, - dedi Mirziyoyev.