22:16 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
78 0 0

Xorijdan 600 mingdan ortiq vatandosh olib kelindi. Chet elda qiyin ahvolga tushib qolgan 100 mingga yaqin fuqarolarga zarur yordamlar koʻrsatildi.

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati koronavirus pandemiyasi vaqtida xorijdan 600 mingdan ortiq fuqaroning vatanga qaytishiga koʻmaklashdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.

“Xorijdan 600 mingdan ortiq vatandoshimiz yurtimizga olib kelindi. Chet elda qiyin ahvolga tushib qolgan 100 mingga yaqin fuqarolarimizga zarur yordamlar koʻrsatildi. Pandemiya oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish uchun davlat tomonidan jami 82 trillion soʻmlik kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi”, - dedi davlat rahbari parlamentga yoʻllayotgan murojaatnomasi davomida.

Prezident Inqirozga qarshi jamgʻarma tashkil etilib, koronavirusga qarshi kurashish, aholi va korxonalarni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq tadbirlarga byudjetdan 16 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilganiga aniqlik kiritdi.

“Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida fidoyi va olijanob vatandoshlarning faol ishtirokida 800 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarga 1 trillion soʻmdan ortiq moddiy yordam koʻrsatildi.

Mirziyoyev pandemiyaning birinchi kunlaridan boshlab, butun boshqaruv tizimi va barcha tibbiyot muassasalari favqulodda ish rejimiga oʻtkazilganini taʼkidladi. Qisqa muddatda Toshkent shahri va hududlarda, barcha sharoitlarga ega boʻlgan qariyb 30 ming oʻrinli davolash maskanlari tashkil etildi. Ular zarur dori-darmon, himoya va eng zamonaviy diagnostika vositalari bilan taʼminlandi.

Pandemiyaga qarshi kurashish uchun 200 mingdan ziyod tibbiyot xodimi, jumladan, chet ellik 150 nafar yuqori malakali shifokor va mutaxassislar jalb etildi.

Teglar:
koronavirus pandemiyasi, Oʻzbekiston yangiliklari

Asosiy mavzular