11:06 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
24310

Oʻzbekistonda keyingi yilda 2 ta tezyurar poyezd harakati yoʻlga qoʻyiladi, Buxoro – Urganch – Xiva temir yoʻlini elektrlashtirish boshlanadi.

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda keyingi yilda 2 ta tezyurar poyezd harakati yoʻlga qoʻyiladi, Buxoro – Urganch – Xiva temir yoʻlini elektrlashtirish boshlanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasi davomida maʼlum qildi.

Aholi punktlari oʻrtasidagi, ayniqsa, qishloqlarni tumanlar markazlari bilan bogʻlaydigan uzluksiz avtobus qatnovlari xususiy sektorni jalb qilish orqali koʻpaytiriladi.

Davlat rahbarining soʻzlariga qaraganda, Toshkent shahrida yer usti metrosining 12 kilometrlik ikkinchi bosqichi foydalanishga topshiriladi. Shu tariqa yer osti va yer usti metro liniyalari yaxlit tizim sifatida bir-biriga ulanadi.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari

Asosiy mavzular