17:09 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
53331

Deputat Rasul Kusherbayev OʻzavtoMotors kompaniyasining bu yil savdo yaxshi boʻlmaganiga sabab "OAVda paydo boʻlgan tanqidiy maqolalar" degan bayonotiga javob qaytardi.

TOSHKENT, 30 dek - Sputnik. Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev UzavtoMotors kompaniyasining kecha eʼlon ыilingan bayonotiga batafsil javob qaytardi. Quyida deputat oʻz sahifasida yozib qoldirgan postni toʻlaligicha keltiramiz. 

«OʻzavtoMotors» masalasi biroz eʼtibordan chetda qolgandi. Ammo oʻzlarining bugungi kutilmagan absurd ayblovlari bilan yana eʼtibor markaziga tushdi.

Eng qizigʻi, xatto davlat rahbari tomonidan ham fuqarolarning axborot va soʻz erkinligi huquqidan faol foydalanayotgani qoʻllab-quvvatlanayotgan bir vaqtda kompaniya ishi yurishmagani uchun uni tanqid qilgan fuqarolarni ayblash darajasiga yetib kelgani.

Kompaniya bayonotidagi asosiy jihatlardan kelib chiqib, bir qator savollar berib oʻtsak.
Ularga «halollik vaktsinasi» tadbiq etilgan ekan.

Savol: unda nega isteʼmolchilar ular ishlab chiqargan avtomobillarning sifati va ayrim detallari qoʻyilmay sotilayotganligidan norozi?

Eksport koʻrsatkichlari ortib bormoqda ekan.
Savol: avtomobil eksporti, butlovchi va boshqa ehtiyot qismlar importidan qanchalik ortiq, agar ortiq boʻlsa?

Ular eng yirik soliq toʻlovchilardan ekan.
Savol: unda nima uchun kompaniya 2020 yilning 9 oyi davomida Soliq kodeksining 460-moddasiga asosan toʻlanishi kerak boʻlgan 582,6 mlrd soʻm miqdoridagi 3 foizlik yigʻimni toʻlamay kelmoqda?

OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ularga qarshi «maxsus buyurtma» bilan kimlardir boʻxton va asossiz xabarlar tarqatib, mamlakat iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda ekan.
Savol: aynan kimlar, qanday boʻxton qilishmoqda? Bu aslida fuqarolarning asosli tanqidlari emasmi? Nega mazkur masala boʻyicha sudga murojaat qilinmayapti?

Salbiy xabarlarning tarqalishi joriy yilning avgust-sentyabr oylarida kompaniyaning kunlik tushumini 30-40 mlrd soʻmga kamaytiribdi va belgilangan reja 562 mlrd soʻmga kam bajarilibdi.
Savol: tushum kamligi pandemiya davrida aholi toʻlov qobiliyatining pasayishi, kompaniya mahsulotining sifati va narxiga boʻlayotgan eʼtirozlar bilan bogʻliq emasmi?

Fuqarolarning chiqishlari Oʻzbekistonda investitsiya jozibadorligiga salbiy taʼsir koʻrsatib, investorlarning yurtimizga investitsiya olib kirishida ikkilanish paydo qilmoqda ekan.
Savol: bu ikkilanishlar avtomobil sohasi oʻta monopollashib, ularga katta imtiyozlar berilib, erkin raqobat bozori yoʻqligida emasmi?

150 mln yevro miqdoridagi davlat ahamiyatiga molik hamkorlik kelishuvini kechikishiga ham fuqarolarning kompaniya haqida salbiy xabarlar chiqarishi sabab boʻlgani aytilmoqda.
Savol: bu teng raqobat, bozor qoidalari va zamonaviy boshqaruv qobiliyati yoʻq boshqaruv oqibatida horijlik hamkorlar bilan erisha olinmayotgan kelishuvlar boʻyicha rahbariyatga izoh berishda hamma aybni oʻz isteʼmolchilik huquqi va Konstitutsiyaviy soʻz erkinligidan foydalanayotgan fuqarolarga «toʻnkab», javobgarlikdan qutulish yoʻli emasmi?

Kompaniya axborot sohasidagi qonunlarni va maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks talablari boʻyicha javobgarlik belgilanganligini eslatib oʻtibdi.
Savol: kompaniya Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi, «Raqobat toʻgʻrisida»gi, «Axborotlashtirish toʻgʻrisida»gi Qonunlarning talablaridan ham xabardormi?

Va soʻnggi savol: kompaniyaning ishi yurishmasa aybni bagʻrikeng va sabrli yurt fuqarolariga toʻnkash dunyoning yana qaysi avtomobil kompaniyalari hayotida kuzatilgan?

Yana bir masala: men birorta horij kompaniyasi vakilini koʻrmaganman, horijda chiqarilgan avtomobilim ham yoʻq, agar eski «Moskvich 407»ni aytmasa. Bu masalada buyurtmachim faqat saylovchilar.

Asosiy mavzular