17:40 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
79 0 0

Bu yilgi Yangi yilda eng yaxshi sovgʻalar "eʼtibor", "naqd pul" va "biror foydali narsa" ekan. Bu aholi orasida oʻtkazilgan soʻrovda maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 30 dek - Sputnik. Kirib kelaytgan bayram arafasida "Ijtimoiy fikr» Markazi sotsiologlari oʻzbekistonliklar Yangi yilga qanday sovgʻa olishni istashlarini oʻrganib chiqishdi.

Oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, “Yangi yilda qanday sovgʻa olishni xohlaysiz?” degan savolga, respondentlar quyidagicha javob berishgan: 

  • 41 % - sovgʻa muhim emas asosiysi - eʼtibor 
  • 38 % - naqd pul 
  • 19 % - biror turmush uchun foydali narsa 
  •  2 % -  foydali boʻlmasa ham biror yoqadigan narsa 

Soʻrovnoma Markazning telegramm kanali orqali onlayn tarzda oʻtkazilganligi bois Respublika boʻylab ishtirokchilarni qamrab olish imkonini berdi. Soʻrovnomada 1162 nafar respondent ishtirok etdi va natijalar ularning jinsi hamda yoshiga nisbatan taqdim qilindi.

Asosiy mavzular