06:43 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
167 0 0

Markazlarda FHDYO organlariga nikohni qayd etish uchun ariza bergan va oʻquv mashgʻulotlarida qatnashish uchun roziligi olingan 30 yoshdan oshmagan nikohlanuvchi shaxslar bepul oʻqitiladi

TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etiladi. Bu haqda "Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Hukumat qarorida aytilgan.

Qarorga koʻra, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari huzurida Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etiladi.

Markazlarning asosiy vazifalaridan biri nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari boʻyicha tizimli tayyorlash hisoblanadi.

Markazlarda FHDYO organlariga nikohni qayd etish uchun ariza bergan va oʻquv mashgʻulotlarida qatnashish uchun roziligi olingan 30 yoshdan oshmagan nikohlanuvchi shaxslar oʻquv yuklamasi hajmi 16 soatdan kam boʻlmagan dastur asosida bepul oʻqitiladi.

Ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalarning tomonlari ham markazlarda ixtiyoriy oʻqishlari mumkin.

Markazlardagi oʻquv mashgʻulotlari rejalari har oyda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

Oʻquv tashgʻulotlarida toʻliq qatnashgan tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikat topshiriladi.

Asosiy mavzular