09:55 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
54010

Oʻtgan kun davomida 49 kishida koronavirus aniqlandi. Tuzalganlar soni bundan ikki barobar koʻp boʻldi. Koronavirusdan vafot etganlar qayd etilmadi.

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. 2020 yil 2 yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 77231 (+49) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning:

  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 1 nafari Jizzax viloyatida,
  • 1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 5 nafari Toshkent viloyatida,
  • 30 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida jami 114 kishi kasallikdan sogʻayib ketgan. Sogʻayganlarning umumiy soni 75358 nafarga yetib, sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda. Qurbonlar soni oʻzgarishsiz qolgan (614).

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1259 nafar bemordan 155 nafari ogʻir, 31 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular