11:41 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
189 0 0

Qurʼon, azon va hadis boʻyicha xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston nomidan “Imomlar yurtiga sayohat” mukofoti joriy qilinadi.

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. 2021 yildan boshlab dunyo boʻylab oʻtkaziladigan Qurʼon, azon va hadis musobaqalarida Oʻzbekiston nomidan “Imomlar yurtiga sayohat” mukofoti joriy qilinadi. Bu haqda Oʻzbekiston ziyorat turizmini yanada rivojlantirishga oid prezident farmoni loyihasida belgilab qoʻyilmoqda.

Mazkur hujjat loyihasi bilan uzoq xorij va qoʻshni respublikalardan xorijiy ziyoratchi sayyohlarni qabul qilish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ham ishlab chiqilib, unda Ziyorat turizmi yoʻnalishida xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari hal qilinadi.

Shuningdek, 2021 yil avgust oyiga qadar Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va  Tashqi ishlar vazirligi Dunyo boʻylab oʻtkaziladigan Qurʼon hofizlari va Hadis talabalari musobaqalari gʻoliblari oʻrtasida grand-finalni Oʻzbekistonda tashkil etish boʻyicha Hukumat farmoyishi loyihasini ishlab chiqadi.

Asosiy mavzular