18:40 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1348)
459 0 0

Hozir Oʻzbekistonda 1207 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda. Ulardan 156 nafari ogʻir, 31 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. 3 yanvar kuni Oʻzbekistonda 27 kishida koronavirus infektsiyasi qayd etildi. Kasallanganlarning umumiy soni 77 258 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Yangi kasallanganlarning 2 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Jizzax viloyatida, 1 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 18 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga kecha 79 kishi kasallikdan tuzalgan. Jami 75437 kishi koronavirusni yenggan. Sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1207 nafar bemordan 156 nafari ogʻir, 31 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1348)
Teglar:
taʼtil, qisqa muddatli taʼtil, Oʻzbekiston yangiliklari, Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular