11:06 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
1298 0 0

Sinoptiklar yangi yilning birinchi ish haftasi davomida juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq ob-havoni keltirishini prognoz qilishmoqda.

TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston boʻylab ob-havo sharoitini markazi Sibir hududlari ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilamoqda.

Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, yangi yilning birinchi ish haftasi davomida juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq ob-havoni keltiradi.

Kechalari sovuq 5-10 darajagacha, shimolda va choʻl hududlarida 12-17 darajagacha koʻtariladi, hafta oxirigacha esa kunduz kunlari havo harorati 0-5 daraja sovuqdan oshmaydi. Hafta davomida havo harorati oʻrtacha yillik qiymatlardan 8-10 darajaga past boʻladi.

Respublikaning baʼzi joylarida tuman kuzatiladi. Ushbu davrda togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi bor.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, Oʻzbekiston, ob-havo, Oʻzgidromet

Asosiy mavzular