17:16 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
72 0 0

Laproskopiya yordamida buguni kunda appenditsit, grija va qator urologik operatsiyalar kam jarohatli uslubda amalga oshirilishi mumkin.

TOSHKENT, 5 yanv - Sputnik. Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi 500 nafardan ziyod shifokorlar uchun laparoskopiya jarrohligi boʻyicha onlayn seminar tashkil qildi. Ceminarda Andijon viloyatidan 120 nafar Qashqadaryo viloyatidan 100 nafar ishtirokchi qatnashdi. 

Laproskopiya - anʼanaviy jarrohlik operatsiyasiga nisbatan inson tanasi kam shikast yetkazuvchi operatsiya turi hisoblanadi. Odatda laproskopiya uchun 0,5 - 1,5 santimetrli kovak yetarli boʻladi, lekin jarrohdan maxsus koʻnikmalarga ega boʻlish hamda laproskopiya uchun kerakli uskunalarga ega boʻlish talab etiladi. 

Amaliy vebinar davomida laparoskopiya jarrohligi imkoniyatlari appenditsitlarda, grijada, urologik va boshqa koʻrsatmalar boʻyicha oʻtkazildi. Vebinarda Turkiya tibbiyot mutaxassislari oʻzlarining tajribalarini taqdim etdi.

Amaliy vebinarni tashkil etishda Islom taraqqiyot banki koʻmagida Turkiya tomonidan TIKA agentligi, Istanbul Tibbiyot universiteti, Yevroosiyo sogʻliqni saqlash va ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot markazi vakillari ishtirok etdilar.

Xalqaro treningda Oʻzbekiston shifokorlaridan tashqari Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Ozarbayjon vakillari ham ishtirok etdilar. Jami, 1 ming 300 nafar sogʻliqni saqlash tizimi mutaxassislari bilimlarini oshirishga muvaffaq boʻldi. Bunda son jihatidan Oʻzbekiston peshqadamlik qildi.

Asosiy mavzular