17:57 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
166 0 0

Turkiyada 1 va 2 yanvar kunldari 2 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgan. Ushbu holatlarning biri boʻyicha Turkiya prokuraturasi tekshiruv olib bormoqda.

TOSHKENT, 5 yanv - Sputnik. Turkiyada yil boshidan buyon 2 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqida TIV Konsullik-huquqiy departamenti xabar qilmoqda. 

Istanbul shahridagi Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi xabariga koʻra, 2021-yil 2-yanvar kuni Izmir muzofoti Karshiyaka tumanidagi turar-joy binosining 10-qavatidan qulashi oqibatida 2002 yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi M.B. (ayol) vafot etgan. Ushbu voqea yuzasidan Turkiya prokuraturasi tekshiruv oʻtkazmoqda. 

Shuningdek, 2021 yilning 1 yanvar kuni Istanbul shahrida shifoxonada 1974 yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi SH.R yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.

Bosh konsulxona yuqoridagi holatlarni nazoratga olib, Turkiyaning vakolatli idoralari bilan aloqada boʻlib turibdi. Vafot etganlarning jasadlarini Oʻzbekistonga dafn etish uchun yuborishni tashkil qilishda marhumlarning yaqinlariga konsullik va huquqiy yordam koʻrsatilmoqda, deyilgan xabarda. 

Asosiy mavzular