10:47 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
70720

Anor infarkt, insult va Altsgeymer kasalliklarining oldini oladi, qonda xolesterin miqdori kamayishi va koʻkrak saratoniga chalinish ehtimolini kamaytiradi - shifokor.

TOSHKENT, 5 yanv — Sputnik. Anor – immunitetni mustahkamlaydi, saraton va aqli zaiflik kasalligi paydo boʻlishining oldini oladi, deydi diyetolog-shifokor Yelena Solomatina Sputnik radiosi efirida.

Anor <Rossiyada> nisbatan kam isteʼmol qilinsa-da, eng foydali mevalardan biri. Uning tarkibida antioksidantlar koʻp. Shuningdek anor infarkt va insult kabi yurak-qon tomirlari tizimi kasalliklarini, Altsgeymer kasalligini hamda saraton kasalliklari, ayniqsa koʻkrak saratonining oldini oladi, qonda xolesterin miqdori kamayishiga xizmat qiladi, - deydi Solomatina.

Anorning foydali xususiyatlari kishi uni har kuni isteʼmol qilganda yaxshi seziladi. Bunda kunlik isteʼmol miqdori atigi - 30 gram sok yoki bir dona anorning toʻrtdan bir boʻlagi boʻlsa yetarli.

Anorni meyoridan ortiq isteʼmol qilish ham maqsadga muvofiq emas. Uning tarkibidagi organik kislotalar oshqozon-ichak tizimiga hamda tish emaliga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli anor isteʼmolidan keyin ogʻizni chayish maqsadga muvofiq.

Anor tanlashda imkon qadar yangi meva tanlash kerak. Buni anor terisi va tojidan bilib olsa boʻladi. Agar uning terisida qora dogʻlar boʻlsa – demak meva eskirgan. Shuningdek ogʻgʻirroq mevada sharbat koʻpoq boʻladi.

Asosiy mavzular