09:05 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
315 0 0

Xakerlar guruhi Surxondaryo viloyat, shahar va tuman hokimliklari saytlariga hujum uyushtirishdi. Ayni damda viloyati hokimligi sayti oflayn tartibda ishlamoqda.

TOSHKENT, 6 yanv – Sputnik. Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat, shahar va tuman hokimliklari xakerlar hujumiga uchraganini maʼlum qildi.

“Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati 2021 yilning 6 yanvar kuni viloyat, shahar va tumanlarning rasmiy saytlari hakerlar hujumiga uchraganligini maʼlum qiladi.

Hozirda saytlarni asl holida ishlatish choralari koʻrilmoqda. Bu haqda qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi”, - deyilgan hokimiyat telegram kanali orqali tarqatilgan xabarda.

Ayni damda Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sahifasi oflayn rejimda ishlamoqda.

 

Asosiy mavzular